QO‘SHHOVUZDA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI
03.05.2024 - 16:41Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha kuni kecha Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov hamda sektor rahbarlari olis va og‘ir Qo‘shhovuz mahallasida bo‘lib, qilinishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama etildi va bugungi rejalar belgilab olindi.