Kattaqòrĝonlik Boburshunos olim Zahriddun Muhammad Boburning adabiyotda yoritilmagan qòlyozma asarlarini òrganmoqda
18.07.2023 - 08:33Bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti bilan tanishgan har bir inson “Boburnoma” asarida tasvirlangan joylarni ko‘rish, buyuk ajdodimiz yurgan yo‘llardan yurish istagida bo‘lishi tabiiy hol. Menda ham keyingi paytlarda butun dunyo nazariga tushgan qadimiy go‘sha - Bobur yashagan Axsikentga borish istagi tug‘ildi. Ilmiy rahbarim SamDU mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Isroil Sulaymonov ham fikrimni qo‘llab-quvvatlab, noyob qo‘lyozmalar bilan tanishish keyingi ilmiy ishlarim uchun poydevor bo‘lishini ta’kidladi.