Kattaqo‘rg‘onda qo‘shma korxonaga 2 mlrd. 840 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi
26.01.2023 - 11:08Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2022 yil 30 maydagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Amina gold invest” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Щyolkova Agrom O‘zbekiston-Rossiya” qo‘shma korxonasining foydasiga qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan, ijro ishi qo‘zg‘atilib, qo‘zg‘atish qarori qarzdorga ijro qilishlik uchun yuborilgan.