Kattaqo‘rg‘onda qo‘shma korxonaga 2 mlrd. 840 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2022 yil 30 maydagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Amina gold invest” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Щyolkova Agrom O‘zbekiston-Rossiya” qo‘shma korxonasining foydasiga qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan, ijro ishi qo‘zg‘atilib, qo‘zg‘atish qarori qarzdorga ijro qilishlik uchun yuborilgan.
Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlikni qoplamaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishildi. Ijro harakatlari davomida MIB portal elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, olingan javoblarga ko‘ra qarzdorga tegshili bo‘lgan mol-mulklarga band solingan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Amina gold invest” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Щyolkova Agrom O‘zbekiston-Rossiya” qo‘shma korxonasining 2 mlrd. 840 mln. 733 ming so‘m qarzdorligi amalda to‘liq undirilib ijro ishi amaldagi Qonunning 41-moddasiga asosan ish yuritishdan tamomlandi.
Oybek TURSUNNIYOZOV,
Byuroning Kattaqo‘rg‘on tuman 
bo‘limi davlat ijrochisi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM