Ro‘yxatga olishdagi qamrov xatolarni oldini olish
17.06.2022 - 08:25Ro‘yxatga olishda qamrov aniqligini ta’minlashning hal qiluvchi omillaridan biri sanaladi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi soni ko‘rsatkichlarining sifatiga va bilvosita - ro‘yxatga olish paytida olingan barcha boshqa ma’lumotlar sifatiga tasir qiladi. Shu sababli, qamrov masalalari rejalashtirish bosqichida va ro‘yxatga olish ishlarining katta qismi amalga oshirilishida hisobga olinishi kerak. Ro‘yxatga olish maydonlarining chegaralari aniq belgilanishi va xaritalarga kiritilishi, tushib qoldirish yoki ikki marta hisobga olinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Uy-joylarni hisobga olish va ro‘yxatlarini tuzishda ishtirok etuvchi xodimlar uchun uy-joy fondiga qamrab olish bo‘yicha yo‘riqnomalar va o‘quv materiallarining shakli aniq, batafsil va tushunarli bo‘lishi kerak. Maqsadli jamlanish aniq belgilanishi, hisoblanuvchilar va respondetlar uchun tegishli ko‘rsatmalar, savollar esa puxta shakllantirilishi va aprobatsiya qilinishi kerak.