QURAYOTGAN MULKINGIZGA HUJJAT QILOLMAYSIZ! AGAR...?
22.03.2024 - 12:25Yuridik, jismoniy, pudratchi va byurtmachi tashkilotlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 noyabrdagi shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartibi tamoyillarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish va qo‘shimchalar kiritish shuningdek, ba’zilarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi 619-Son qarori 2-bandida Qurilish uy-joy kommunal sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga 2024-yil 1-apreldan hududiy inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tmagan holda qurilgan ob’yektlarni instrumentál texnik tekshiruvdan o‘tkazib, foydalanishga ruxsat berish ishlari to‘xtatish topshirilgan.