2023 YILDA MAKTABGACHA TA’LIMGA BOLALAR QAMROVINI 67,2 FOIZGA YETKAZISH RЕJALASHTIRILGAN
05.01.2023 - 09:08Bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on tumanidaMaktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 204ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Tumandagi 24233 nafar 3-7 yoshli bolalarning 13619 nafari maktabgacha ta’limga qamrab olinib, qamrov darajasi 56,2 foizga yetdi. Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasaarrufidagi 64 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 2184 nafar xodimlar mehnat qilmoqda.Barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bugungi kunda internet tarmog‘i bilan ta’minlandi.