"Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi" nishonlandi
16.01.2023 - 17:21Kattaqo‘rg‘on garnizoni 02855 harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini munosabati bilan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida "Milliy armiyamiz-Yangi O‘zbekistonning mustaxkam qalqonidir!" shiori ostida Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov va shahar hokimi Gavhar Alimova, shuningdek sektor rahbarlari ishtirokida, shahar madaniyat bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayram tantanasi Majidiy drama teatrida keng miqyosda nishonlandi.