Jamshid Nasriddinov barcha tumandoshlarimizni Ramazon hayiti bilan qutladi

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Bugun ulug‘ bayram tongida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi mavjud 31 ta jome’ masjidlari tumandoshlarimiz bilan gavjum bo‘lib, hayit namozi o‘zgacha fayz bilan ado etildi.

Masjidlarda Hayit namoziga yig‘ilgan barcha musulmonlar ushbu qutlug‘ va muqaddas bayram bilan qutlanib, tinch va osuda yurtda yashayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uchun Yaratganga shukronalar aytildi. Hayit bayrami fazilatlari haqida ma’ruza qilindi.

Shuningdek, hayit namozida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov ishtirok etib, barcha kattaqo‘rg‘onliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi. 

–  Har birimizning xonadonimizda ahillik, qut-baraka arimasin, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik, sabr-qanoat va shukronalik hislari bardovom bo‘lsin dedi, – J.Nasriddinov. – Alloh taolo yurtimizni tinch, yanada obod va farovon, osmonimizni musaffo, boshlagan ezgu ishlarimiz xayrli qilsin.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM