Kattaqo‘rg‘onda olimlar bilan hamkorlikda chigit ekish ishlari olib borilmoqda

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Nazokat Oltin dalasi” fermer xo‘jaligi dala maydonida chigit ekish ishlarini qisqa va maqbul muddatlarda sifatli ekishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, viloyatdan soha vakillari, tegishli tashkilot va korxonalar, klasterlar, fermerlar, qishloq xo‘jaligi xodimlari va mutaxassislar ishtirok etdi.

Joriy yilgi paxta hosili uchun tumanda 10 ming 750 gektar yer maydonlariga chigit ekish rejalashtirilgan. 

Amaliy seminarda so‘zga chiqqan sohaning tajribali mutaxassislari va paxtachilik bo‘yicha olimlar tomonidan chigit ekishni qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash, yerni ekishga tayyorlash kabi muhim masalalar bo‘yicha tavsiyalar berilib, o‘zaro tajriba almashishdi.

Soha olimlari bilan hamkorlikda “Nazokat Oltin dalasi” fermer xo‘jaligi 36 gektar dala maydoniga “Ravnaq elita” urug‘lik chigiti yuqori kuchga ega Orion zamonaviy traktoriga olti qatorli syeyalkalarda ekilmoqda.

Shuningdek, kecha Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qullab-quvvatlash maqsadida Mardon Mavlonovga mini-traktor topshirildi.
 

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM