Kattaqo‘rg‘on tumani yoshlariga serunum yer maydonlari ajratib berilmoqda

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Xabaringiz bor, joriy yilning 12 fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligidan yer ajratish orqali yoshlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosidan kelib chiqib, Kattaqo‘rg‘on tumanida ham yer olib dehqonchilik qilish istagini bildirgan 1290 nafar yoshlarga ularning ehtiyojidan kelib chiqib, 30 sotixdan yer dehqonchilik faoliyati uchun 30 yil muddatga ijara asosida berilishi belgilandi.

Xususan, bugun «Polvontepa» mahallasida tuman hokimligi tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi va Yoshlar ishlari tuman bo‘limi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni yerdan samarali foydalangan holda mo‘may daromad olishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu mahalla hududidagi 4.7 gektar unumdor yer maydonidan 17 nafar talabgor yoshlarga 30 sotihdan 30 yillik ijara asosida yer ajratib berildi va ushbu uchrashuvlar davomida qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari tomonidan dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilgan yerlarda yuqori hosildor, serdaromad hamda eksportbop ekin turlarini ekish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM