TUSHUNTIRISH ISHLARIDAN SO‘NG NOQONUNIY QURILMA BARTARAF ETILDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

 Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Jumladan, boshqarmaning  Kattaqo'rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari vaqtida "Melixo'ja" mahallasida yashovchi fuqaro D.K.  tomonidan "Sayqal zamin vohasi" fermer xo‘jaligi balansidagi yerdan foydalanish  xo'jalik xaritasining  530-konturidan   0.0036 gektar  yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, beton poydevor qurganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan o‘zboshimchalik bilan egallagan fuqaroga yuqoridagi huquqbuzarlikni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish, buzib tashlash to‘g‘risida tushuntirish va ogohlantirish berildi hamda ushbu muddatda ixtiyoriy bartaraf etildi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM