MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI NISHONLANDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi Madaniyat bo‘limi konsert zalida Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov, sektor rahbarlari, mahalla raislari va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Jamshid Nasriddinov mahalla so‘nggi yillarda chinakam xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik, aholi murojaatlari va tashabbuslarini dastlab tinglaydigan, ularga zarur yordam ko‘rsatadigan ijtimoiy tuzilmaga aylanganligi, ayniqsa, “mahalla yettiligi” tizimi yo‘lga qo‘yilgani qisqa fursatlarda o‘zining ijobiy samarasini berayotganligini ta’kidlab, mahalla tizimi vakillarini bugungi bayram bilan, yurtimizda davom etayotgan Navro‘z ayyomi hamda muborak Ramazon oyi bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir so‘ngida tumanning eng faol mahalla xodimlari tuman hokimining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM