Singapur Savdo-sanoat vise-prezidenti Azhar Othman Kattaqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, "Kattaqo‘rg‘on elektrotexnika Zavodi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov va "Kattaqo‘rg‘on elektrotexnika Zavodi" rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokarada Singapur dunyoning 20 tadan ortiq davlatida amalga oshirayotgan loyihalarida "Kattaqo‘rg‘on elektrotexnika Zavodi" ishtirokini ta’minlash taklifi muhokama qilindi.
Shuningdek, “Enercon Group” kompaniyasi yashil energiyaga investisiya kiritish istagi borligini bildirdi.