"RAHBAR VA YOSHLAR"NING SAMIMIY SUHBATI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Bugun, 21-dekabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi Madaniyat bo‘limi konsert zalida "RAHBAR VA YOSHLAR" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan davra suhbati davomida, tumanimizning ilg‘or va o‘z ustida ishlaydigan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan bir qator yoshlar ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi va bir qator yoshlarning murojaatlari qabul qilindi.

Tadbir so‘ngida, mahallalarda “Yoshlarga oid davlat siyosati” samaradorligini oshirishda va yoshlar bilan ishlashda namunaviy faoliyat ko‘rsatgan yoshlar yetakchilari hamda turli sohalarda yutuqlarga erishgan yosh avlod vakillari tuman hokimligi tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM