Kattaqo‘rg‘onda ilk elektromobillarni tezkor quvvatlash qurilmasi o‘rnatildi

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Mamlakatimizda ham kundan kunga elektromobillarga ehtiyoj va talab ortib boryapti. Shuni hisobga olgan “ASL NEFT OIL” MCHJ rahbari Faxriddin Normurodov tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani Yakkabog‘ mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 yo‘li bo‘yiga bir vaqtning o‘zida 2 ta elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi o‘rnatildi. 

Avtomobil zaryadlash qurilmasiga o‘rnatilganda, mijozlarning vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishlari barcha qulayliklarga ega kafe va savdo do‘koni ham qurilgan. Shuningdek, 5 kVt elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan quyosh paneli o‘rnatildi. 

Stansiya ochilishida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman rahbarlari, tadbirkorlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

 

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM