“BOTANIC HERBS” MCHJda DORIVOR O‘SIMLIKLAR YETISHTIRILADI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Kattaqo‘rg‘on tumani, Qo‘shhovuz MFY hududidagi “Botanic Herbs” MCHJ ga Baxtiyorjon Tursunov rahbarlik qiladi.

Dorivor o‘simliklarni, xususan, Momaqaymoq, Moychechak, Lavanda,  Masxar yetishtirishga mo‘ljallangan loyihaning umumiy qiymati 5,5 mlrd. so‘m bo‘lib, quvvati 195 gektarga rejalashtirilgan. 
Shu o‘rinda masxar o‘simligi haqida mutaxassilar ma’lumotiga asosan quyidagilarni aytib o‘tishni lozim topdik. Murakkab-guldoshlarga mansub bir, ikki va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi masxar moyli ekindir. Uning aksariyati O‘rta dengiz atroflari, G‘arbiy va O‘rta Osiyoda o‘sadigan 19 turi ma’lum. Masxar  Hindiston, Turkiya, Eron, Xitoy, Yevropa mamlakatlari, AQSH va boshqa mamlakatlarda ekiladi.O‘rta Osiyoda faqat O‘zbekistonda, xususan, Jizzax, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari lalmi yerlarida ekilardi. Bugungi kunda masxar Kattaqo‘rg‘on tumanida ham ekila boshlandi.   Masxar bir yillik issiqsevar, sho‘r yerga, qurg‘oqchilikka juda chidamli ekin bo‘lib,uning  urug‘i tarkibida 47-61 foizgacha oziq-ovqatga ishlatiladigan moy bor. Moyi yuqori sifatli margarin, texnikada oqsariq bo‘yoq va emallar tayyorlashda ham ishlatiladi. Maxsar kunjarasi chorva mollari uchun, urug‘lari esa parrandalar uchun yaxshi oziqadir. Shuningdek, maxsar gullaridan tabiiy bo‘yoq ham  olish mumkin ekan.
- Hozirda faqat 50 gektar yerga masxar ekilgan bo‘lib,12 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan, - deydi “Botanic Herbs” MCHJ rahbari Baxtiyorjon Tursunov biz bilan suhbatda.- May oyida 91 ming AQSH dollarga mahsulot eksport qilindi. Hozirda qolgan dorivor o‘simliklarni ekishga ham tayyorgarlik ko‘rilyapti.

Jahongir SAFAROV.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM