“DAVLAT TILIDA ISH YURITISH” QO‘LLANMASI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish Departamenti tashabbusi bilan chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” qo‘llanmasi davlat boshquruvi idoralarida muhim qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda.

 Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi apparat xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kitob taqdimotida ham mazkur qo‘llanmaning mazmun-mohiyati, davlat tilida ish yuritishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

 Unda “Ish yuritish tili va uslubi, hujjat turlari hamda xususiyatlari, hujjatlardagi zaruriy qismlar, ularni rasmiylashtirish, blanklar - bosma ish qog‘ozlari qanday bo‘lishi kerak?” kabi savollarga tuman hokimi maslahatchisi Nigora Bo‘ronova tomonidan misollar orqali tushuntirish berildi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM