O‘QUV SEMINAR-TRENINGLAR TASHKIL ETILDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Joriy yilning 5-6-iyul kunlari Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti ekspertlari ishtirokida saylov qonunchiligi bo‘yicha o‘quv seminar-treninglar tashkil etildi.

Ushbu seminarlarda biz “Kelajak liderlari” guruhi a’zolari ham ishtirok etdik. Ikki kun davomida saylov bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldik:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov komissiyalari faoliyati to‘g‘risida;

- Saylov jarayonida xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va mahalliy kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari;

- Saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash tartibi;

- Okrug va uchastka saylov komissiyalari binolari hamda ovoz berish xonalari jihozlanishi;

- Muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish;

- Saylov kuni ovoz berish jarayonlarini tashkil qilish tartibi;

- Saylov qonunchiligi buzilishi yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda javobgarlik;

 

Begimqulov Musurmon,

“Kelajak liderlari” guruhi koordinatori.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM