Bugun 2024 yil 23 aprel kuni Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining bir yuzinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida qo‘yidagi masalalar ko‘rildi.

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Bugun 2024 yil 23 aprel kuni Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining bir yuzinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida qo‘yidagi masalalar ko‘rildi. 

1. 2024 yilda tumanning energiya-tejash dasturini tasdiqlash  to‘g‘risida;
2. Tumandagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusi zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron onlayn auksion savdolarga chiqarish bo‘yicha loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi orqali 2023 yil davomida kelib tushgan murojaatlar hamda sektorlar rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar tahlili to‘g‘risida;
4. Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil I chorak ijrosi hamda II chorak rejalari to‘g‘risida;
5. Jamoatchilik fikri asosada tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha Ishchi komissiyasining 2024-yil 1-chorak hisoboti hamda 2024-yil 1 mavsumida "g‘olib" deb topilgan loyihalarga "Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi" mablag‘larini yunaltirish to‘g‘risida-gi hisoboti
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-216-sonli qarorini tumandagi ijrosi yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori V.Xudoyqulovning hisoboti haqida;
7. Tumanda yoshlar muammolarini hal yetish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan ishlash samaradorligi va natijadorligi tubdan yaxshilash chora-tadbirlar to‘g‘risida;
8. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Turg‘unovning mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, soliq qarzlarini qisqartirish  yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti haqida
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Elmuratovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-sonli Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan hisoboti” haqida;
10. Boshqa masalalar.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM