Tomorqadan unumli foydalanish oilaviy farovonlikni oshiradi

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va aholining munosib hayot kechirishini ta’minlashda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanish masalasi alohida o‘rin tutadi.

Joriy yilning 14-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Shu maqsadda Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov boshchiligida bo‘lib o‘tgan seminarda tumanning Balandravot mahallasi hududida joylashgan Baxtiyor Berdiyev xonadoni ko‘rildi. Har bir qarich yerdan samarali foydalanib, yiligi 3 martagacha hosil olayotgan ushbu xonadon hudud ahliga namuna bo‘layotgani bor gap.

 

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM