NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

2024 yil 26 mart kuni Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani
Kengashining to‘qson to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

KUN TARTIBI QO‘YIDAGI MASALALAR KO‘RILDI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimi birinchi o‘rinbosari N.Jo‘lmatovning hisoboti haqida;

2. Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida olib borgan ishlar hamda tumandagi sanoat korxonalari hududida yashil belbog‘ hududlarining tashkil etilishi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

3. Tuman hududida faoliyat olib borayotgan ayrim fermer xo‘jaliklarida monitoring natijalari to‘g‘risidagi axboroti;

4. Tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Doniyorovning “Tumandagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zahiradagi va kelgusi zahiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron onlayn auksion savdolarga chiqarish bo‘yicha loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hisoboti haqida;

5. “Agro bank” ATB Kattaqo‘rg‘on filialining “Davlat dasturlari doirasidagi loyihalarga kreditlarni ajratishda yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishi holatlari” yuzasidan hisoboti eshitildi.

Sessiya ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

FACEBOOKДА КЎРИНГ (https://fb.watch/r26NFzTaiv/?mibextid=Nif5oz)

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM