Yoshlar uchun unutilmas kun!
Bugun Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qismda Kattaqo'rg'on tumani prokuroturasi bilan hamkorlikda otaliqqa olingan yoshlar va uyushmagan yoshlar bilan "Yosh avloodni vattanparvarlik ruhida tarbiyalash" shiori ostida tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda yoshlar harbiy qismga sayohat qilib, qurol-aslaha va harbiy texnikalar, harbiy qism muzeyi, o'quv binosi, harbiy qism fauna va ekzotik dunyosini hamda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek tadbir so'ngida yoshlar uchun harbiy qism madaniyat markazida harbiy orkestr tomonidan konsert dasturi ham tashkillashtirildi. Yoshlar ushbu tadbirdan o'zlari uchun bir olam quvoncha hamda Vatanga bo'lgan muhabbatlari yana bir karra oshdi desak mubolag'a bo'lmaydi.