insurez
16-03-2024 10:48


 Tumanimizda “Yoshlar festivali” o‘tkazildi


 “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivalining asosiy tadbirlari bugun erta tongdan Mundiyon mahallasidan “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam'' shiori ostida yurish marafoni bilan boshlandi. 
Marafonda Jamshid Nasriddinov, sektor rahbarlari, faollar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Shundan so‘ng, "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Unda 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.  10 nafarga yaqini yoshlar tumanda yoshlar markazi qurish,  qishlog‘ida badiiy kitoblarga boy kutubxona,  stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etish va boshqa masalalar  bo‘yicha tuman hokimiga murojaat qildi.Yoshlardan ''Ibrat farzandlari'' loyihasi haqida so‘ralganda?
Bor-yo‘g‘i 20 nafar yosh bu loyiha haqida bilishini ma’lum qildi.

“Bu savol men uchun ham qiziq. O‘zim aynan shu dasturni telefonimga o‘rnatganman”, - deydi tuman hokimi Jamshid Nasriddinov.   Agar bugun yoshlar festivalda faol ishtirok etsa aynan ''Ibrat farzandlari', ''Ustoz AI''  va ''Mutolaa'' kabi yangi loyihalar haqida ma’lumotga  ega bo‘lishini aytib o‘tdi. 

Kun davomuda festival doirasida “Yoshlik” istirohat bog‘ida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. 

Ayni damda sektor rahbarlari boshchiligida 8 ta jamoa «Zakovat» intellektual o‘yinida bellashmoqda. 
Ular 4 ta sektor a’zolari, yoshlar yetakchilari, harbiylar va havaskor yigit-qizlardan iborat jamoalardir.


Kechga, festival yakunida gala-konsert bo‘lib o‘tadi.