insurez
16-03-2024 10:48


XITOYGA TASHRIF HAMKORLIK ISTIQBOLLARIGA XIZMAT QILADI

   Yaqinda viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligida Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahri delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasining Shandun va Xenan provinsiyalarida bo‘lib, mamlakat mintaqalari rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar ўтказди.  (https://payshanba.uz/uz/node/2873)

   Tashrif davomida delegatsiyani Xenan provinsiyasi gubernatori o‘rinbosari Zhan Ming xonim boshchiligidagi rahbarlar kutib oldi.  Dastlab, delegatsiya Jiangsu provinsiyasi Nantong shahrida bo‘ldi. Unda Nantong shahri hokimi Zhang Tong xonim boshchiligida shahar rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etilib, ikki tomonning savdo-iqtisodiy imkoniyatlari, investision jozibadorlik va xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida taqdimot tashkil etildi. Shuningdek, Jiangsu provinsiyasining yirik tadbirkorlari ishtirokida B2B shaklidagi uchrashuvlar amalga oshirildi. Tomonlar kelgusida hamkorlikda loyihalarni O‘zbekistonda amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.

   Tashrif davomida Xenan va Kattaqo‘rg‘on rahbarlari o‘rtasida o‘zaro ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvda metallurgiya, tekstil va qurilish materiallari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohalari bo‘yicha Samarqandda Xitoy investisiyalarini jalb etish eng yaxshi yo‘nalishlardan ekanligi bildirildi. Uchrashuv davomida “Samarqand – Xenan savdo iqtisodiy hamkorlik forumi” o‘tkazildi. Unda Xitoyning 70 nafardan ortiq yirik korxonlari vakillari ishtirok etib, hududlarning investision jozibadorligi, investorlarga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risida targ‘ibot materiallari taqdim etildi va B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Ikki tomon korxonalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

  Kattaqo‘rg‘on rahbarlari va tadbirkorlarning Xitoyga tashrifi mintaqalar o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifa ochib, hamkorlik istiqbollariga xizmat qiladi.

Teglar
Insurance Policy