“Yil ayoli 2025” milliy tanlovi viloyat bosqichida kattaqo‘rg‘onlik Zaynab Berdiyeva va Nodira Mirshayeva g‘olib bo‘lishdi
Samarqand shahrida Respublika “Yil ayoli 2025” milliy tanlovining Samarqand viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda Kattaqo‘rg‘on tumanidan ishtirok etgan xotin-qizlar yuqori natijalarga erishdilar.
Tumanimizning faol va tashabbuskor ayollari —
Zaynab Berdiyeva “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi”,
Nodira Mirshayeva esa “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Gʻoliblar tanlovning viloyat bosqichida munosib ishtirok etib, faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va eng muhimi — Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.




