Yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni mustahkamlash: Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Xatirchida
Yaxshi qo‘shnichilik, xalqimizga xos bo‘lgan azaliy qadriyatlardan biri. Qolaversa, bu Prezidentimiz siyosatida ham o‘z ifodasini topgan.
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Xatirchi tumaniga borib, Xatirchi tuman hokimi Umid Adizov bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va xorijiy hamkorlar bilan olib borilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Rahbarlar xitoylik investorlar tomonidan tashkil etilgan "Youkang Fish Breed" xorijiy korxonasini ko‘zdan kechirishdi. Ushbu korxona 43 gektar maydonda faoliyat yuritib, yillik quvvati 500 tonna baliq yetishtirishni tashkil etadi.
Bu safar ikki tuman o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, xorijiy investisiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.