Yashil makon va ariqlarni betonlashtirish dolzarb masala: fermer xo‘jaliklari uchun seminar o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov rahbarligida sektor rahbarlari ishtirokida tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun Orzi Mahmudov hududida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida samarali ish tashkil etish hamda hududda agrar loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida ko‘chat ekish, suv xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan ishlar, xususan, ariqlarni betonlashtirish va ularni tozalash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bu tashabbuslar yerdan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirishga qaratilgani ta’kidlandi.
Seminar yakunida "Organik Produkts Of Jonkel" fermer xo‘jaligida tut ko‘chatlari ekildi.