Yangi o‘quv yili oldidan: Kattaqo‘rg‘onda xavfsizlik choralari muhokama qilindi
Joriy yil 2 sentyabr kuni Respublikamizning barcha hududlarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ta’lim muassasalarida “Bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman IIB boshlig‘i Aslam Ochilov, huquqni muhofaza qilish organlari hamda hamkor tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Bilimlar kuni” bayram tadbirlarini munosib o‘tkazish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida ta’lim muassasalari va tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, tartib-intizomni ta’minlash hamda boshqa dolzarb vazifalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.