Xotira va qadrlash kuni: Rahmat bobo Qobilov xonadonida xotira tadbiri o‘tkazildi
Yurtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlanib, urush va mehnat faxriylari, Vatan himoyasida halok bo‘lganlar xotirasiga chuqur hurmat va e’tibor ko‘rsatish ulug‘ an’anaga aylangan.
Bugun tuman rahbarlari va Mudofaa bo‘limi mas’ullari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, marhum Rahmat bobo Qobilovning xonadonida bo‘lib, Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, 10 ming dollar pul mukofoti hamda “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medallari tantanali topshirildi.