📍Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi 21-noyabr kuni o‘tkaziladi.
📍Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi 21-noyabr kuni o‘tkaziladi.
⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi J.Nasriddinovning 14-noyabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘n oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
1. Tumandagi mavjud ayrim ko‘chalarni nomlash va qayta nomlashning qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida;
2. Kattaqo‘rg‘on tumanining 2025 yil 4-chorak mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda ko‘paytirish to‘g‘risida;
3. Tuman mahalliy budjetining qо‘shimcha manbalaridan foydalanish tо‘g‘risida;
4. Kattaqо‘rg‘on tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalarni tanlab olish va ularni tasdiqlash to‘g‘risida;
5. Xalq deputatlari tuman Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
6. Kattaqо‘rg‘on tumani hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash tо‘g‘risida;
7. Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i V.Xudoyqulovning 2025 yil tuman mahalliy byudjetining qо‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘larni
о‘z vaqtida va maqsadli sarflanishi tо‘g‘risidagi hisoboti haqida;
8. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi boshlig‘i A.Daminovning 2025 yil tuman mahalliy byudjetining qо‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘larni о‘z vaqtida va maqsadli sarflanishi tо‘g‘risidagi hisoboti haqida;
9. Tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i B.Normurodovning 2025 yil tuman mahalliy byudjetining qо‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘larni о‘z vaqtida va maqsadli sarflanishi tо‘g‘risidagi
hisoboti haqida;
10. Tuman yо‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi rahbari Isokov Xabib Rauf о‘g‘lining “Avtomobil yо‘llarini qurish, qayta ta’mirlash va saqlash holati tо‘g‘risida”gi hisoboti haqida;
11. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-
sonli Qonunining tumandagi ijrosi bo‘yicha joriy yilning 9 oyida olib borilgan ishlar yuzasidan Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali rahbari F.Ibragimovning
hisoboti to‘g‘risida;
12. Boshqa masalalar.




