Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining XIV sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:
🔺“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan g‘olib loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
🔺Tuman mahalliy byudjetining ortiqcha mablag‘laridan samarali foydalanish;
🔺Kengashning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
🔺O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va inshootlarga oid qaror ilovalarini takomillashtirish;
🔺Mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va huquqbuzarliklarni oldini olish;
🔺Prezident qaroriga muvofiq, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining tumandagi ijrosi yuzasidan birinchi o‘rinbosari hisoboti;
🔺Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Baymurodovning norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha axboroti;
🔺O‘zbekiston Mahalla uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Gʻ.To‘ychiyevning yillik hisoboti hamda mahalla raislari saylovi natijalari;
🔺Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbari U.Sag‘dullayevning hisoboti;
🔺Jumaboy mahallasida “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalar to‘g‘risida axborot;
Sessiya davomida barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tumandagi boshlang‘ich partiya tashkiloti faollaridan Gulchexra Axtamova, Matluba Jo‘rayeva va Shoxista Xaitovalar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi Kamol Erbo‘tayev tomonidan XDP ko‘krak nishoni, a’zolik guvohnomasi va estalik sovg‘alari topshirildi.