Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining VII chaqiriq ikkinchi sessiyasi
Kattaqo‘rg‘on tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining VII chaqiriq ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani tuman hokimi, Kengash raisi Jamshid Nasriddinov olib bordi.
Kun tartibida ko‘rilgan masalalar:
1. Tuman hokimining qaroriga tasdiq berish
2024 yil 12 noyabrdagi tuman hokimining "Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar Jo‘lmatov Norboy Aliboyevich bilan mehnat shartnomasini bekor qilish" haqidagi 604-7-96-Q/24-sonli qarori tasdiqlandi.
2. Tayinlov qaroriga tasdiq berish
2024 yil 13 noyabrdagi "Jo‘lmatov Norboy Aliboyevichni Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlash" to‘g‘risidagi 607-7-96-Q/24-sonli qaror tasdiqlandi.
3. Doimiy komissiyalarni shakllantirish
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar tashkil etilib, ularning shaxsiy tarkibi tasdiqlandi.
4. Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash
Tuman Kengashi ish yuritish tartibini belgilaydigan yo‘riqnoma tasdiqlandi.
5. Kengash kotibiyati to‘g‘risida nizomni qabul qilish
Kengash kotibiyatining vazifa va faoliyat yo‘nalishlarini aniqlab beruvchi nizom tasdiqlandi.
6. Tuman hokimligi tashkiliy tuzilmasini yangilash
Tuman hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
7. Murojaatlar tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga tuman fuqarolari tomonidan yo‘llangan murojaatlar, shuningdek, sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabullar tahlili yuzasidan axborot tinglandi.
Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.