insurez
29-03-2025 08:34

Valijon jome’ masjidining yangi binosi foydalanishga topshirildi


Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanida muqaddas va ezgu bir tadbir — “Valijon” jome’ masjidining yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 1870 yilda xalq hashari bilan qurilgan ushbu qadimiy masjid tariximizning bir bo‘lagi, e’tiqodimiz va ma’naviy dunyoqarashimizning ko‘zgusidir. Yangi binoda zamonaviy qurilish an’analari bilan birga milliy qadriyatlar ham o‘ziga xos tarzda mujassamlashgan.

Ochilish marosimida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, viloyat bosh imom-xatibi Axmadxon domla Alimov, ulamolar, mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu yangi masjidning foydalanishga topshirilishi xalqimizning e’tiqodi va birdamligi timsoli ekanini ta’kidlab o‘tishdi. — 
Yangi masjid nafaqat ibodat maskani, balki ma’naviy tarbiya va insonparvarlikka da’vat etuvchi maskani ekanligi ta’kidlandi.

Teglar
- -