insurez
13-09-2024 11:00

Tumanda sug‘orish tizimiga alohida eʼtibor qaratilmoqda


Shu kunlarda Kattaqo‘rg‘on tuman hududidan o‘tuvchi ichki va tashqi yo‘l yoqalarida ekilgan va hududda tashkil etilgan yashil bog‘larda tegishli tashkilotlar xodimlari bilan birgalikda daraxt ko‘chatlarni sug‘orish ishlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Ayni paytda, Kattaqo‘rg‘on-Juma yo‘li yoqasida “Yashil belbog‘” shaklida ekilgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarni sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida, Kattaqo‘rg‘on tuman inspeksiyasi davlat inspektorlari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va Yo‘l ko‘kalam bo‘limi xodimlari ishtirokida yangidan sug‘orish moslamalari va yer osti artizan qudug‘i  qurilmoqda.

Teglar
- -