ТАЪЗИЯ
(1925–2025)
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi, keng jamoatchilik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, fidokor va el ardog‘idagi inson
Rahmat bobo Qobilovning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etadi.
Marhum Rahmat Qobilov 1925 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1942 yilda yurt himoyasi uchun frontga jo‘nab ketib, 363-tankchilar diviziyasi tarkibida Polsha, Chexoslovakiya va Avstriya hududlarida bo‘lib o‘tgan janglarda mardlik va jasorat ko‘rsatgan.
Urushdan keyingi hayotida ham mehnatkash, halol va ibratli fuqaro sifatida jamoat orasida hurmat-ehtiromga sazovor bo‘ldi. Tinchlikni qadrlagan, shukrona hayot kechirgan bu inson doimo yoshlar uchun namuna bo‘lib keldi.
2025 yilda 100 yoshni qarshi olgan Rahmat bobo Prezidentimiz rahbarligida urush faxriylariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tiborni qalban his etgan, shukronalik bilan umr kechirgan fidoiy insonlardan biri edi.
O‘tgan yili yana bir Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rayim bobo Yusupov olamdan o‘tgan edi. Bu yurt fidoiylari xalq xotirasida abadiy qoladi.
Marhumning janoza namozi 2025 yil 13 aprel kuni soat 13:00 da
Bog‘ot mahallasidagi Qalandarxona jome’ masjidida o‘qiladi.
El ardog‘ida bo‘lgan, vatanga sadoqat va mehnat bilan xizmat qilgan bu insonlarning xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi.