insurez
21-07-2024 16:00

TAKRORIY EKIN – TAKRORIY DAROMAD


 

Takroriy ekinlar – bu birinchi hosildan keyin qolgan yerlarga ekiladigan ekinlar bo‘lib, ular qishloq xo‘jaligi sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. 2024 yil hosili uchun tumanda g‘alladadan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekish ishlari faol ravishda davom etmoqda. 

Masalan, Nisbat mahallasida hokim yordamchisi tashabbusi bilan 4 gektar maydonga takroriy ekin sifatida loviya ekish ishlari amalga oshirildi. Bu tadbir, yerdan samarali foydalanishni va qo‘shimcha daromad manbai yaratishni maqsad qilib qo‘yilgan. 

Kattaqo‘rg‘onda esa takroriy ekin sifatida mosh ekish odatiy holatga aylangan. Loviya ekishdan asosiy maqsad hosildorligi yuqori bo‘lgan va bozorda narxi baland bo‘lgan mahsulotni yetishtirishdir. Shu bilan birga, odamlarga loviya ekish foydalari va samaradorligi haqida targ‘ibot olib borilmoqda.

Teglar
- -