insurez
05-11-2025 09:29

👨‍💼Tadbirkorlar qabuli va ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishuv


🤩Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini rivojlantirish maqsadida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi.

✅Qabulni “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari v.b. Xasanjon Axmedov olib bordi. Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Murodilla Zavqiyev ishtirok etdi.

✅Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bank xizmatlari, imtiyozli kreditlar hamda biznesni kengaytirishga oid bir qator taklif va takliflar bildirildi. Murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, amaliy yechimlar belgilab olindi.

🇺🇿Shundan so‘ng, ishtirokchilar Husniddin Ernazarov rahbarligidagi “Agro Breyeding” fermer xo‘jaligining chorvachilik yo‘nalishidagi ish faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, Yangiravot mahallasidagi “Sattorova Dilfuza Rashid qizi” yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektining tikuvchilik yo‘nalishidagi ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi.

Teglar
- -