Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinovning navbatdagi tadbirkorlar bilan qabuli bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan qator masalalar ko‘tarildi, jumladan, kredit olish, biznesni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, va muammolarni hal etishda hokimlikning qo‘llab-quvvatlashi masalalari muhokama qilindi.
Hokim Jamshid Nasriddinov tadbirkorlar fikr va takliflarini tinglab, ularning barcha muammolarini hal etishda amalda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidladi va tegishli chora-tadbirlar belgilandi.