Sodiq Baxtiyorov Yoshlar Parlamenti a’zosi etib saylandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar Parlamentining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis doirasida Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati Sodiq Baxtiyorov Yoshlar parlamenti a’zosi etib saylandi. Unga Senat guvohnomasi va ko‘krak belgisi topshirish belgilandi.
Bu jarayon yoshlarning davlat boshqaruvi va qonunchilik jarayonlaridagi ishtirokiga keng yo‘l ochish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.