insurez
06-01-2026 16:03

Sayyor qabul: Qoradaryo va Yakkabog‘da ijtimoiy masalalarga yechim izlandi


Kattaqo‘rg‘on tumani Qoradaryo va Yakkabog‘ mahallalari binosida tuman prokurori Mirzaxon Nozimov, tuman hokimi o‘rinbosari Sayyora DJumayeva va ishchi guruh tomonidan lo‘li bolalarining ta’limga jalb etilganligi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega ekanligi, sog‘lig‘i, ta’lim-tarbiya olishi hamda ijtimoiy ahvolini o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida mahalla hududida yashovchi oilalarning murojaatlari tinglanib, bolalarni ta’lim muassasalariga qamrab olish, hujjatlarini rasmiylashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir aholining muammolarini joyida hal etish, bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni jamiyat hayotiga to‘liq integratsiya qilishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholandi.

Teglar
- -