insurez
22-05-2024 15:54

“Sayxunobod” tajribasi ommalashadi


“Sayxunobod” tajribasi ommalashadi

Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining bir yuz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada tuman sektor rahbarlarining hududidagi aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, aholi kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida hisobot berdi. 

Shuningdek, “Tumanda 2024- yilning I choragi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda tumandaa jinoyatchilikning oldini olish to‘g‘risidagi  ma’lumoti tinglandi.
 
Shundan so‘ng, tuman Ichki ishlar bo‘limi, yo‘l xarakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan “Tumanda 2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin-kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-son qarorinin ijrosi yuzasidan olib borilayotgani ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti tinglandi. 

Sessiyada davomida Kadastlar palatasi tuman filiali boshlig‘i F.Ibragimovning “Tumanda ayrim yer uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga olish shartnomasini tuzish haqidagi hisoboti tinglandi.

Sessiya so‘ngida Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining 2024 yil 27 fevraldagi VI-97-24-7-96-K/24-son qarori hamda  25-apreldagi VI-100-47-7-96-K/24-son qarorlariga  o‘zgartirish kiritish haqidagi masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.Sessiya ishini quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin: https://www.facebook.com/watch/?v=923848262849661

 

Teglar
- -