insurez
20-09-2024 15:54

SAMDUKF "QIZIL" TOIFADAGI MAKTABLARNI RIVOJLANTIRISHGA KO‘MAKLASHADI


Kattaqo‘rg‘on tumanida bugungi kunda 106 ta maktab bor. 2023/2024-o‘quv yili yakuniga ko‘ra ushbu maktablar bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, qizil, sariq va yashil toifalarga ajratildi. 

Tumandagi 12 ta maktab qizil toifaga tushib qoldi va Samarqand viloyati hokimining tegishli yig‘ilish bayoniga muvofiq, ushbu maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonlarini yuksaltirish, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bilan tizimli ishlar olib borishga ko‘maklashish uchun SamDUning Kattaqo‘rg‘on filialiga biriktirildi.

Teglar
- -