insurez
03-05-2025 15:31

Qumoqlik Laziz Sharipov qulupnaydan 100 million daromad olmoqchi


Qumoqlik Laziz Sharipov yoshlar uchun ajratilgan 30 sotix yerdan samarali foydalanib, qishloq xo‘jaligida katta yutuqlarga erishmoqda. U bu yerning 10 sotixiga qulupnayning “Albano” navini ekib, sotishni boshladi. Qolgan maydonda esa sarimsoqpiyoz parvarishlamoqda.

Shu bilan birga, Laziz o‘z hovlisida 10 sotixli issiqxona tashkil qilib, unda ham qulupnay, ham pamidor yetishtiryapti. Uning tomorqasida esa turli poliz ekinlar ekib, mahalliy bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni yetishtirmoqda.

Teglar
- -