Qirg‘iz mahallasida 10 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligi ta’minlandi
Qirg‘iz mahalla fuqarolar yig‘inida ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida muhim tashabbus amalga oshirildi.
Kattaqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan mahalladagi 10 nafar ishsiz xotin-qizlar "MARUFBOY 909" MCHJga doimiy ishga qabul qilindi.
Ushbu tashabbus doirasida ular zamonaviy to‘g‘ri chok va averlok tikuv mashinalari bilan ta’minlandi. Ayollarning bandligini ta’minlash va ularga kasanachilik asosida ish imkoniyatlari yaratish maqsadida mazkur tikuv mashinalarini xarid qilish uchun subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Bu sa’y-harakatlar mahalladagi ayollarning hayotini yaxshilashga va ularning oilaviy daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.