Payshanba shaharchasining arxitektura qiyofasini yangilash loyihasi taqdimot qilindi
Kattaqo‘rg‘on tumani markazi — Payshanba shaharchasining arxitektura qiyofasini yaxshilash va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish maqsadida loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha M.Ulug‘bek, Charog‘on va A.Navoiy mahalalari hududidan o‘tuvchi A.Navoiy ko‘chasini qamrab oladi.
Loyiha doirasida 24 soat faoliyat yuritadigan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini kengaytirish, piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etish, zamonaviy tungi yoritish chiroqlari hamda suv oqimini boshqaruvchi lotoklar o‘rnatish, shuningdek, nogironligi bor shaxslar uchun qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan.
Loyiha tuman hokimi Jamshid Nasriddinov rahbarligida muhokama qilinib, mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.