O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Nazarov va tuman hokimi Jamshid Nasriddinov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda tuman IIB boshlig‘i Aslam Ochilov ham ishtirok etdi.
Mazkur sayyor qabul davomida hudud aholisining ijtimoiy muammolarini hal etish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, tibbiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabulning asosiy maqsadi – xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash va ularning ehtiyojlariga javob berishdir.