Kattaqo‘rg‘onlik o‘quvchi xalqaro olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent shahrida matematika va informatika fanlari bo‘yicha Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Ushbu nufuzli xalqaro musobaqada Qattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi (1-IDUM) 8-sinf o‘quvchisi Ravshanov Ashrafjon munosib ishtirok etdi va kumush medal sohibi bo‘ldi.