“Ochiq byudjet” g‘oliblari e’lon qilindi – fuqarolar tashabbusi bilan 15 ta loyiha g‘olib deb topildi!
Kattaqo‘rg‘on tumanida joriy yilning 1-mavsumi uchun o‘tkazilgan “Ochiq byudjet” tashabbusli byudjet jarayonlari faol va samarali tarzda o‘tdi. Fuqarolar tomonidan jami 146 ta loyiha taklif etilib, ulardan 109 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi.
Bu loyihalarga ovoz berish jarayonida fuqarolarning faol ishtiroki, ularning o‘z joylarini obodonlashtirish va muhim muammolarga yechim topishga bo‘lgan tashabbuskorligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Jamg‘armada mavjud 23 milliard 789 million so‘m mablag‘ doirasida 15 ta loyiha 65 655 ta ovoz bilan g‘olib deb topildi.
Gʻolib deb topilgan mahallalar va to‘plangan ovozlar soni quyidagicha:
Yangiobod – 6 479 ta ovoz
Valijon – 6 022 ta ovoz
Sebiston – 5 038 ta ovoz
Jizmonsoy – 5 018 ta ovoz
Omonkalxat – 4 930 ta ovoz
Sebiston – 4 854 ta ovoz
Yonboshsoy – 4 777 ta ovoz
Zarqo‘rg‘on – 4 752 ta ovoz
Yonboshsoy – 4 498 ta ovoz
Qirg‘iz – 3 950 ta ovoz
Mundiyon – 3 601 ta ovoz
Saroyqo‘rg‘on – 3 503 ta ovoz
Kadan – 3 155 ta ovoz
Chig‘atoy – 2 855 ta ovoz
Mundiyon – 2 223 ta ovoz
Endi g‘olib loyihalarni amalga oshirish orqali hududlarda infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy ob’yektlarni ta’mirlash va hayot sifatini oshirishga erishiladi.