Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Kattaqo‘rg‘onda energiya tejamkorligi va xavfsizlik bo‘yicha tadbir
Kattaqo‘rg‘on tumanida "Energetika xavfsizligi" oyligi doirasida tashkil etilgan seminarda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov va sektor rahbarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi. Seminarda kuz-qish mavsumida elektr energiya va tabiiy gazni tejash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, hamda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Mutaxassislar energiya manbalarini samarali sarflash va quyosh panellarini joriy etish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tishdi. Shu bilan birga, "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida yong‘inning oldini olish uchun zarur qoidalarni tushuntirishga urg‘u berildi.
Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov seminarda qatnashganlarga o‘z sohalarida energiya tejamkorligi va xavfsizlikni ta’minlashda mas’uliyatli bo‘lishni topshirdi. Bu tadbir tuman aholisi farovonligini ta’minlash va energiya resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.